Shahar markazida joylashganmiz
Tajribali mutaxassislar
«Good Grade» o‘quv markazi hizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi va hurmatga sazovor ustoz Mirjalilova Xojar Xaydarovnaning yorqin xotirasi sharafiga tashkil etilgan. O‘quv markazining yaratliish g‘oyasi zamonaviy dunyoda doimo izlainish va rivojlanish istagidan kelib chiqqan. Kuchli mutaxassislar jamoasidan tashkil topgan taʼlim sifati yuqori bo‘lgan o‘quv markazimiz Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida, Sayram ko‘chasida faoliyatini yuritmoqda.
«Good Grade» nafaqat o‘quv markazi ,balki sizni muvaffaqiyatga etaklovchi , motivatsiya va chuqur bilim beradigan maskandir. Bizning markazimizga qo‘shiling va o‘zingizning eng kuchli tarafingizni biz bilan kashf qiling!
Zamonaviy infratuzilma va biz tomondan yaratilgan qulayliklar tufayli talabalarimiz bilimlarini oshirishlari , o‘zlari tanlagan sohalarida yuqori natijalarga erishishlari va o‘quv jarayonida vaqtlarini unumli sarflashlari mumkin. Mavjud taʼlim dasturlarimiz har bir talabaning qiziqishlaridan, ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bilim saviyasini oshirishga imkon qaratilgan kerakli yo‘nalishni tanlash imkonini beradi.
Talabalarning o‘quv markazimizda o‘zlashtirgan bilimlari amaliyotda qo‘llash imkoniyatini beradi, bu esa ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradi. Shu bilan birga,markazimiz o‘qituvchi va xodimlarining qo‘llab-quvvatlashi va har bir talabaga bo‘lgan individual yondashuvi ulalrning o‘qishda muvaffaqiyat qozonishlariga , kelgusida nufuzli o‘quv maskanlarida tahsil olishlarida va kasbiy mahoratlarini rivojlantirishlarida yordam beradi.
Bizga qo’ng’iroq qiling yoki yozing va biz sizga batafsil ma’lumot beramiz
Sinfxonalarimizda juda ko’p o’quvchilar joylashishiga qaramay, guruhlarimiz 8-10 nafar o’quvchidan iborat. Shundagina o’qituvchi har bir o’quvchiga e’tibor berib, har bir kishiga sifatli bilim beradi.
Pochemuchka kurslarimizga qabul 3 yoshdan 7 yoshgacha
Ha, bizda IELTS va GENERAL ENGLISH tayyorlov kurslari bor.Shuningdek SPEAKING CLUB ham mavjud.